O’zbekistonda QQSning kamaytirilishi — uzoq muddatli istiqbolda byudjet daromadlarini oshirishga yordam beradimi

Опубликовано
Заместитель директора
Biznes faolligini rag’batlantirishgachi ta’sir ko’rsatadimi
Foto: Shutterstok

2023-yil 1-yanvardan boshlab qo’shimcha qiymat solig’i miqdori 12%gacha kamaytirildi. Hukumat shu yo’l bilan iqtisodiyotni «oqartirish», tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish, g’aznaga tushumlarni ko’paytirishni ko’zda tutmoqda.

O’zbekiston QQS ni 12% gacha tushirib, soliq miqdori baravar bo’lgan Qirg’iziston va Qozog’istonga yetib oldi. Eng yuqori QQS miqdori -15%-  O’rta Osiyoda Turkmaniston va Tojikistonda saqlab qolingan.

Ishlab chiqarish sanoati uchun manfaatli yutuq

O’zbekistonda Bundan 3 yil avval 2019-yil oktyabrda QQS 20%dan 15%gacha tushirilgan edi. O’tgan 3 yil ichida ichki mahsulotlardan davlat byudjetiga kelib  tushgan QQS miqdori bir yarim baravarga ya’ni 2020-yilda 20.5 trillion so’mdan ($2.1 milliard), 2022-yilda 32.8 trillon (3 milliard $) so’mga oshgan. Import mahsulotlaridan tushgan mablag’ esa 2 baravargacha 19.7 trillion so’mdan 38.7 trilion so’mga ko’tarilgan.

O’tgan yili  davlat byudjetiga tushgan daromadning 3dan bir qismi QQS ga to’g’ri keladi. 2022-yil to’plangan 71.5 trillion so’m ko’zlangan 51.3 trillion ko’rsatkichni ancha ortda qoldirdi. 2023-yilda esa O’zbekiston byudjeti 63.8 trillion so’m miqdorida QQS ni mo’ljal qilmoqda.

«2019- yildagi soliq stavkalarining hamda QQSning  kamaytirilishi soliq bazasining kengayishiga olib keldi. QQS sifatida ro’yxatdan o’tgan kompaniyalar soni ortdi va bu o’z navbatida  YaIM dan kelib tushadigan soliq ulushining 12-13%dan deyarli  15% ga o’sishiga sabab bo’ldi», — deydi Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining yetakchi mintaqaviy iqtisodchisi Erik Livni.

O’zbekiston Davlat soliq qo’mitasi «Kursivga» 2022 yilda QQS to’lovchilar soni 14,4 foizga o’sgani, dekabr oyida esa 171,9 ming nafarni tashkil etganini  ma’lum qildi. Soliq to’lovchilarning eng katta o’sishi savdo (+31,3%), qishloq xo’jaligi (+26,5%), sanoat (+14%) va qurilish  (+12,2%) kabi sohalariga to’g’ri keldi.

Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tahlili shuni ko’rsatadiki, 2021 yilda QQS tushumlari tarkibida ishlab chiqarish sanoatida eng katta ulush 8,9 trln so’mni, qurilish kompaniyalari 4,3 trln so’mni, savdo kompaniyalari 3,9 trln so’mni, qishloq xo’jaligi korxonalari esa 1,4 trln so’mni tashkil etgan.

Kamroq berkitish — ko’proq qaytarib olish

Bazaviy stavkaning 12 foizgacha pasaytirilishi O’zbekiston byudjeti daromadlaridan taxminan 14 trillion so’mni yo’qotishiga olib keladi. Ushbu bo’shliqni,  imtiyozlarni soddalashtirish orqali to’ldirish kerak. 1 apreldan boshlab davlat dasturlari doirasida geologik xizmatlar ko’rsatish bo’yicha imtiyozlar bekor qilinadi va 1 iyuldan boshlab O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo’riqlash bo’linmalarining xizmatlari uchun imtiyozlar bekor qilinadi (ushbu kuch tuzilmasi jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini himoya qilish bo’yicha shartnomalar tuzish huquqiga ega). Keyinchalik QQS bo’yicha bir qator soliq imtiyozlarini bekor qilish rejalashtirilgan.

IFC Uzbekistan Fund investitsiyalarini boshqaruvchi  Skott Osherovning so’zlariga ko’ra, QQS stavkasining pasayishi soliq tushumlariga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi. «Stavkaning pasayishi qisqa muddatli ta’sirga ega bo’ladi, ammo keyinchalik tovar va xizmatlarga bo’lgan talabni kuchaytirishi va iqtisodiy o’sishga yordam berish kerak. Bu shunchaki mamlakatning uzoq muddatli iqtisodiy foydasi uchun qisqa muddatli istiqbolni «qurbon qilish» holatidir», — deydi Osherov.

«Bugungi kunga qadar O’zbekistondagi kichik biznesning asosiy qismi panada qolmoqda va QQS va boshqa soliqlarning pasayishi biznesning panadan chiqib ketishiga yordam beradi. Buni tezroq amalga oshirish uchun hokimiyat soliq xizmatlari faoliyatini yaxshilashi, xususan, qonunga bo’ysunuvchi to’lovchilarga QQSni o’z vaqtida qaytarish bo’yicha hali ko’p ishlarni amalga oshirishi lozim», – deydi Erik Livni.

2022 yilning to’qqiz oyida soliq to’lovchilarga qaytarilgan QQSning umumiy miqdori 12,8 trln so’mni tashkil etdi.Bunda qaytarilish bo’yicha  sanoat – 7,1 trln so’m va chakana savdo – 1,4 trln so’m yetakchiga aylanishdi. Eksportchilarga 4,7 trillion so’m qaytarildi. QQSni qaytarish miqdori 2020 yilga nisbatan qariyb uch baravarga oshdi.

Narxlar  o’zgarishsiz qoldi

QQSni kamaytirish orqali O’zbekiston hukumati bozor faolligi va raqobatni rag’batlantirishga erishishni maqsad qilgan. Biroq «Kursiv» bilan bog’langan   chakana savdo tarmoqlaridan birining so’zlariga ko’ra hali hech qanday o’zgarish yuz bergani yo’q.

«Aslida QQSning pasaytirilishi natijasida xaridorlarga tushadigan yuk kamayishi kerak edi. Biroq barcha yetkazib beruvchilar ham QQSni 3 foizga tushirmadi. Shuning uchun ham QQSning miqdori kamaytirilishi hozircha narxlarga ta’sir ko’rsatmadi. Ehtimol, soliq organlarida bu islohot tôg’risida aniq ko’rsatma bôlmaganligi uchun,umumiy anglashilmovchilik bunga sabab bôlgan bo’lgandir. Balki ikki yoki uch oydan keyin vaziyat o’ z iziga tushib, yakuniy iste’molchiga tushadigan yuk kamayib qolar»,-deydi «Kursiv» bilan suhbatda bo’lgan fuqaro.

Moliya vaziri o’rinbosari Dilshod Sultonov Gazeta.uz nashriga bergan intervyusida o’tgan yilning dekabr oyi oxirida QQS stavkasi pasayganidan keyin narxlarning tushishini kutmaslik kerakligini aytdi. «Ular raqobatbardosh bozorlarda pasayishi mumkin, qolganlari esa dargumon, chunki kompaniyalar soliq stavkasining kamaytirilishidan topgan yutuqlarini xaridorlarga berib qo’yishlati ehtimoldan yiroq», — deydi bosh vazir o’rinbosari. Shuningdek, u 2019 yilda QQS 20% dan 15% gacha pasayganidan so’ng, aksariyat iste’mol tovarlari qiymati bir xil darajada saqlanib qolganligini ta’kidladi.

Maqolani o’zbek tiliga Iroda Abdujalilova tarjima qildi.

Читайте также