Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi Tolibon vertolyoti urib tushirilgani haqidagi maʼlumotni rad etdi

eʼlon qilindi
Afg‘onistonning Mi-7 vertolyoti urib tushirilgani haqida xabar berilgan edi
Foto: The Washington Post

Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasida afgʻon harbiy vertolyoti urib tushirilgani haqidagi maʼlumot yolgʻon, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Ijtimoiy tarmoqlarda Afgʻoniston qurolli kuchlariga tegishli Mi-17 vertolyoti Oʻzbekiston tomonidan urib tushirilgani haqida maʼlumot tarqalgan edi.

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini faqat rasmiy maʼlumotlarga tayanishga chaqirdi.

Eslatib oʻtamiz, 2021-yilda prezident Ashraf Gʻani hukumati qulaganidan keyin toliblar Rossiya va Amerikada ishlab chiqarilgan Mi-17 va Sikorsky UH-60 vertolyotlarini olgan.

Mi-17 vertolyoti Mi-8 harbiy transport vertolyotining navbatdagi modifikatsiyasi hisoblanadi. Uskunalar Qozon vertolyot zavodi va Ulan-Udedagi aviatsiya zavodida ishlab chiqariladi.

Avvalroq «Kursiv» 2022-yil avgustida Tolibon Oʻzbekiston va Tojikistonni Afgʻonistonning avvalgi hukumati samolyotlarini qaytarishga chaqirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek