Eron Isroilga zarba berish uchun kuchliroq qurollardan foydalanmoqchi – WSJ

eʼlon qilindi
Eron kuchli jangovar raketa va dronlardan foydalanib, kompleks zarba berishni rejalashtirmoqda
Foto: wollertz / www.depositphotos.com

Eron 26-oktabrdagi hujumga javoban Isroilga zarba berish uchun kuchliroq qurollardan foydalanishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Ma‘lum qilinishicha, Tehron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusida mavjud boʻlgan kuchli jangovar raketa va dronlardan foydalanib, kompleks zarba berishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Eron armiyasining arsenalida mavjud boʻlgan qurol tizimlari qoʻllaniladi.

Eslatib oʻtamiz, 26-oktabrga oʻtar kechasi Isroil mudofaa kuchlari Erondagi harbiy obyektlarga hujum qilgan edi. Hujumdan asosiy maqsad raketa zavodlari va havo mudofaa tizimlariga zarba berish edi. Eron esa tomoni hujum qaytarilgani, lekin cheklangan zarar keltirganini ma’lum qilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eron Isroilga oʻz kuchini koʻrsatib qoʻyishga va’da bergani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek