UzAirwaysʼning Nyu-Yorkka uchgan reysi bir kunda ikki marta muammoga duch keldi

eʼlon qilindi
Qo‘nish muvaffaqiyatli o‘tdi
Foto: UzAirways

Uzbekistan Airways’ning 5-noyabr, seshanba kuni Toshkentdan Nyu-Yorkka uchayotgan samolyoti Kanadada majburiy qoʻnishni amalga oshirdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

HY101 reysi yo‘nalishni o‘zgartirdi, bunga yo‘lovchi ayolning muddatidan oldin tug‘uruq jarayoni sabab bo‘ldi. Samolyot komandiri eng yaqin aeroportga qo‘nishni to‘g‘ri deb topdi va Kanada hududidagi Goose Bay aeroportiga qo‘ndi.

Ayolga mahalliy shifokorlar yordam berdi. Uni kasalxonaga yotqizishdi.

Uzbekistan Airwaysʼning samolyoti qoʻnishdan taxminan bir yarim soat oʻtib Kanadadan uchib ketdi.

Bir kun ichida Uzbekistan Airwaysʼning Nyu-Yorkka uchayotgan reysi ikkita kutilmagan vaziyatga duch keldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan seshanba kuni ertalab samolyot qaytadan joʻnab ketgan aeroportga qaytishga majbur boʻlganini yozgan edi.

Shuningdek