Qirgʻizistonlik tadbirkorlar Oʻzbekistonga koʻmir eksporti uchun yuk vagonlari yoʻqligidan shikoyat qilmoqda
Qirgʻizistonlik tadbirkorlar Oʻzbekistonga koʻmir eksport qilish uchun yuk vagonlari yoʻqligidan shikoyat qilmoqda. Bu haqda 24KG nashri deputat Yrisbek Atajanovga tayanib, xabar berdi.
«Qirgʻiziston temir yoʻllari» direktori oʻrinbosari Dastan Usubaqunov «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ koʻmir olib kirish uchun vagonlar sonini qisqartirganini ma’lum qildi. Ayni damda Oʻzbekiston tomoni kuniga 120 dan 200 vagongacha yetkazib berayotgan boʻlsa, Qirgʻizistonda qoʻshni davlatga koʻmir tashish uchun bor-yoʻgʻi 150 vagon bor.
Kompaniya Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) bilan 80 ta yuk vagonlarini xarid qilish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi tomonidan avtomobil transportida koʻmir eksportiga olti oylik taqiq kiritilgani haqida yozgan edi.