Shveysariyaning Lombard Odier banki Gulnora Karimova ishi boʻyicha pul yuvishda ayblanmoqda

eʼlon qilindi
Prokuratura ushbu ish bo‘yicha 2016-yildan buyon tergov jarayonlarini olib bormoqda
Foto: Bloomberg

Shveysariya prokuraturasi Lombard Odier bankini ogʻirlashtiruvchi holatlar bilan pul yuvishda ayblamoqda. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Hukumat ma’lumotlariga koʻra, bank bir necha yil davomida Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaning jinoiy faoliyatini yashirishga koʻmaklashishda «hal qiluvchi rollardan» birini oʻynagan.

Prokuraturaning taxmin qilishicha, 2023-yil sentabr oyida ayblov qoʻyilgan Karimova katta miqdordagi pul mablagʻlarini oʻzlashtirgan va Shveysariyaning «Ofis» deb nomlanuvchi tashkiloti orqali ularni yuvib yuborgan. Karimovaning oʻzi ayblovlarni rad etadi.

Lombard Odier kompaniyasining sobiq xodimiga ham ayblov e’lon qilindi. Prokuratura ushbu ish bo‘yicha 2016-yildan buyon tergov jarayonlarini olib bormoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Gulnora Karimova Shveysariyada jinoiy tashkilotga rahbarlik qilganlikda ayblangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek