Birjaga chiqarilayotgan benzin hajmi toʻrt baravar oshirildi – Energetika vazirligi

eʼlon qilindi
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, talab va taklifdan kelib chiqib, benzin hajmini yanada oshirish imkoniyati mavjud
Foot: Autonews.ru

Energetika vazirligi sovuq havo oqimi tufayli gaz zapravkalariga kiritilgan qisqa muddatli cheklovlar sabab birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin hajmini sezilarli darajada oshirganini ma’lum qildi.

2024-yil 6-dekabriga qadar Ai-80 markasidagi benzinning kunlik hajmi 2000 tonnani tashkil etgan boʻlsa, 10-dekabrdan boshlab bu miqdor toʻrt baravarga koʻpaytirilib, hozirda 8000 tonna qilib belgilandi. Ai-92 benzini hajmi ham oshirilib, birja savdolariga kunlik 4000 tonna miqdorida chiqarilmoqda.

13-dekabr kuni birja savdolariga yana 8000 tonna Ai-80 benzini joylashtirildi, uning 7780 tonnasi xaridorlar tomonidan sotib olindi.

Vazirlik ma’lumotiga koʻra, talab va taklifdan kelib chiqib, benzin hajmini yanada oshirish imkoniyati mavjud. Ushbu choralar bozorni barqarorlashtirish va iste’molchilarning yonilgʻi ta’minotiga boʻlgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan oktabrda benzin narxi 1,5 foizga, propan narxi esa 1,2 foizga koʻtarilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek