O‘tgan hafta birja indeksi 1,2 foizga o‘sdi: «Hamkorbank» yetakchilik qildi, «Ipak yo‘li» aksiyalari pasaydi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Kursiv Uzbekistan yuqori likvidli aksiyalar qiymati qanday o‘zgarganini tahlil qildi
Foto: «Toshkent» RFB

O‘tgan hafta davomida «Toshkent» Respublika fond birjasidagi UCI indeksi 634,05 punktdan 641,60 punktga, ya’ni 1,2 foizga ko‘tarildi. Kursiv Uzbekistan yuqori likvidli aksiyalar qiymati qanday o‘zgarganini tahlil qildi.

«Hamkorbank» imtiyozli aksiyalari 16,71 foizga ko‘tarilib 23,40 so‘mga yetdi. «Aloqabank» imtiyozli aksiyalari 8 foizga o‘sib, 2,70 so‘mga yetdi. «O‘zsanoatqurilishbank» oddiy aksiyalari esa 3,96 foizga o‘sib, 9,98 so‘mga yetdi.

«O‘zmetkombinat» imtiyozli aksiyalari 10,75 foizga pasayib, 2 050 so‘mga tushdi. «Ipak yo‘li» bankining oddiy aksiyalari esa 6,83 foizga kamayib, 129,50 so‘mga tushdi. «O‘zbekko‘mir» qimmatli qog‘ozlari 6,85 foizga pasayib, 6 800 so‘mga tushdi.

Barcha yuqori likvidli aktsiyalardan 9 tasi haftani yashil zonada, qolgan 13 tasi esa qizil zonada yakunladi.

Kursiv Uzbekistan avvalroq dekabr oyining ikkinchi haftasida aksiyalar narxi qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.

Shuningdek