Braziliyadagi BYD zavodida xitoylik ishchilar noinsoniy sharoitda ishlatayotgani aniqlandi
eʼlon qilindi
Ular noqonuniy tarzda olib kelingan
Braziliyaning Bahia shtatida Xitoyning BYD kompaniyasiga tegishli zavod qurilishida 163 xitoylik fuqaroning og‘ir sharoitlarda ishlayotgani aniqlandi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Mahalliy mehnat prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, ishchilar Xitoyda boshqa bir firma tomonidan ishga olingan va noqonuniy tarzda Braziliyaga olib kelingan. Ular haftada yetti kun, ish sharoitlari xavfli va og‘ir sharoitda, kamsitilgan holda ishlagan.
BYD kompaniyasi ishchilarni ishga olgan kompaniya bilan aloqalarni uzganini va hozirda rasmiylar bilan hamkorlik qilayotganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BYD kompaniyasi gumanoid robototexnika bozoriga kirishini ma’lum qilgan edi.