Hyundai kompaniyasi xodimlariga DeepSeek xizmatiga kirishni taqiqladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Yangiliklar muharriri
Bu qaror Janubiy Koreyaning davlat idoralari va kompaniyalari ma’lumotlar sizib chiqish xavfi sababli Xitoy xizmatidan foydalanishni cheklaganidan so‘ng qabul qilingan
Foto: bondvit / depositphotos.com

Hyundai Motor Group kompaniyasi oʻz xodimlarining Xitoyning DeepSeek neyron tarmogʻiga kirishini blokladi, deb xabar berdi Yonhap.

Oʻtgan haftada kompaniya Seuldagi ishchilarga xavfsizlik nuqtai nazaridan xizmatdan foydalanish cheklanishi haqida xabar bergan. Taqiq Hyundai Mobis, Hyundai Wia va Hyundai Glovis kabi guruhning boshqa boʻlinmalariga ham tegishli hisoblanadi.

Yaqin vaqt ichida kompaniyaning xorijdagi ofislarida ham xuddi shunday cheklovlar joriy etilishi mumkin. Yonhapʼning xabar berishicha, bu qaror Janubiy Koreyaning davlat idoralari va kompaniyalari ma’lumotlar sizib chiqish xavfi sababli Xitoy xizmatidan foydalanishni cheklaganidan soʻng qabul qilingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan DeepSeek Oʻzbekiston AppStoreʼdagi bepul ilovalar reytingida yetakchilik qilgani haqida yozgan edi.



Shuningdek