Yaponlar Ilon Maskni Nissanʼga sarmoya kiritishga undamoqda

24-fevral 2025 11:04 eʼlon qilindi

Dar’ya Barakina

Dar’ya Barakina

Muharrir d.barakina@kursiv.media
Логотип Nissan на здании.
Nissan yangi investitsiyalar izlamoqda. Foto: alexeynovikov / www.depositphotos.com

Yaponiyaning yuqori martabali amaldorlari va biznes doira vakillaridan iborat guruh Nissan kompaniyasini rivojlantirish boʻyicha yangi rejani ishlab chiqdi. Bu qadam Honda bilan birlashish muzokaralarining muvaffaqiyatsiz tugashi ortidan amalga oshirilmoqda.

Financial Times nashri manbalarga tayanib xabar berishicha, loyihada Amerika elektromobil ishlab chiqaruvchisi Tesla kompaniyasidan yangi sarmoyalarni jalb qilish rejalashtirilgan.

Loyihani ishlab chiqish jarayonida Tesla direktorlar kengashining sobiq a’zosi Xiro Mizuno faol ishtirok etmoqda. Tashabbusni Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Yosixide Suga ham qoʻllab-quvvatlagan. Manbalarga koʻra, ular Tesla rahbari Ilon Maskka toʻgʻridan toʻgʻri murojaat qilish niyatida.

Tashabbus mualliflari Tesla kompaniyasini Nissan’ning strategik investoriga aylantirishga umid bildirmoqda. Hisob-kitoblarga koʻra, Tesla AQShdagi Nissan zavodlarini sotib olish imkoniyatiga qiziqish bildirishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nissan va Honda oʻrtasidagi kelishuv muvaffaqiyatsizlikka uchragani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek