Ipoteka kreditlariga 4,4 trln so‘m yo‘naltirildi

eʼlon qilindi
Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi
Aholiga ajratilgan ipoteka
Aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi 2,5 baravar oshdi / Foto: hin255 / www.depositphotos.com

2025-yilning uch oyida O‘zbekistonda ipoteka kreditlariga 4,4 trillion so‘m yo‘naltirildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ajratilgan mablag‘larning 3 trillion so‘mi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, 1,1 milliard so‘mi esa tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan. Shuningdek, Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasidan 310 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ jalb qilingan.

Aprel oyi boshida mamlakatning 15 ming aholisi ipoteka kreditlarini olgan, ularning aksariyati (63 foizi) erkaklardir. 75 foiz holatda o‘zbekistonliklar yangi qurilgan uylar uchun ipoteka olgan.

Ajratilgan kreditlarning asosiy qismi – 75 foizi birlamchi uy-joy bozoriga, qolgan 25 foizi esa ikkilamchi bozordagi uylarni xarid qilish uchun sarflangan. Hududlar kesimida eng ko‘p ipoteka krediti Toshkent shahrida ajratilgan – 1 trln 467,8 mlrd so‘m, undan keyin Toshkent viloyati (226,9 mlrd so‘m) va Xorazm viloyati (280,1 mlrd so‘m) qayd etilgan.

Qayd etish joiz, ushbu kreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi bank mablag‘lari hisobidan 23–24 foizni tashkil etsa, «yangi tartib» asosidagi kreditlar 17,3 foiz bilan ajratilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ipoteka krediti uchun subsidiyaga arizani qanday topshirish mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek