Grok-3 Mini sun’iy intellekti tarixga kirdi

15-aprel 2025 08:48 eʼlon qilindi

Grok-3 Mini sun’iy intellekti tarixga kirdi / Foto: X

xAI kompaniyasi tomonidan yaratilgan Grok-3 Mini modeli eng murakkab mantiqiy testlardan muvaffaqiyatli o‘tib, sun’iy intellekt sohasida tarixiy natijaga erishdi. Bu haqda Ilon Mask o‘zining X sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Grok-3 Mini barcha bosqichlarda maksimal ball to‘pladi. Jumladan, murakkab Marcus va Alice+ testlarida 120/120 va 24/24 ball oldi.

Ushbu natija bilan Grok-3 Mini boshqa ilg‘or modellardan o‘zib ketdi. Ilon Mask esa bu yutuqni sharhlar ekan, «Yaqin orada sun’iy intellekt fikrlashda eng aqlli insonlardan ham ustun bo‘ladi», — deya ta’kidladi.

Bu voqea sun’iy intellektning fikrlash qobiliyatlari inson darajasiga yaqinlashayotganini yana bir bor isbotladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ekran va tugmalarsiz sun’iy intellektli qurilma yaratilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek