Fitch Ratings Toshkentga BB-xalqaro kredit reytingini berdi

eʼlon qilindi
Toshkent Markaziy Osiyoda BB-xalqaro reytingiga ega bo‘lgan birinchi va hozircha yagona shahar
Fitch Ratings Toshkentga BB- xalqaro kredit reytingini berdi / Foto: corporatefinanceinstitute

Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi Toshkent shahriga «Barqaror» prognozi bilan BB-darajasidagi uzoq muddatli kredit reytingini berdi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bu poytaxtning agentlik bilan hamkorlikni qayta tiklanganidan so‘ng olgan ilk mustaqil xalqaro reytingi bo‘ldi. U Toshkent shahrining moliyaviy barqarorligi va asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari asosida taqdim etildi.

«Fitch Ratings o‘z tahlilida shaharning qarz yuki boshqariladigan darajada ekanligini, daromad bazasining o‘sishi esa ijobiy rivojlanish dinamikasini ko‘rsatishini ta’kidlagan. Bu esa poytaxt moliyaviy mas’uliyati va boshqaruv samaradorligining yuqori darajasidan dalolat beradi», – deyiladi poytaxt xabarida.

Ma’lumot uchun, Toshkent xalqaro reytingda Istanbul, Anqara va Turkiyaning boshqa yirik shaharlari, Amman (Iordaniya) hamda Yerevan (Armaniston) singari shaharlar qatoriga qo‘shildi.

Shuningdek, Toshkent Markaziy Osiyoda BB-xalqaro reytingiga ega bo‘lgan birinchi va hozircha yagona shahar bo‘lmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fitch Ratings NKMK obligatsiyalariga reyting bergani haqida yozgandi.

Shuningdek