Islom taraqqiyot banki O‘zbekiston ta’limiga $19,2 million ajratmoqda

eʼlon qilindi
Loyihalar sifatli va inklyuziv ta’limni kengaytirishga xizmat qiladi
grant
Foto: UNICEF Uzbekistan

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (MMTV) UNICEF bilan hamkorlikda $19,2 mlnlik ikkita yangi dasturiy tashabbusni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xabar berdi.

Mazkur loyihalar ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, ayniqsa, sifatli va inklyuziv ta’limni kengaytirishga xizmat qiladi.

Loyihalar doirasida iqlim o‘zgarishi bo‘yicha xabardorlikni oshirish, barcha bolalar, xususan, qizlar va nogironligi bor yoshlar uchun ta’limdagi teng imkoniyatlarni yaratish, shuningdek, yangilangan Milliy o‘quv dasturi va baholash mexanizmi orqali ijtimoiy-emotsional tarbiya va o‘qitishni ilgari surish ko‘zda tutilgan.

Mazkur tashabbus Islom taraqqiyot banki (IsDB), Islom taraqqiyot jamg‘armasi (ISFD) va Global ta’lim hamkorligi (GPE) tomonidan moliyalashtirilayotgan qo‘shma loyiha doirasida amalga oshiriladi.

Avvalroq «Kursiv» nashri MMTV va Islom taraqqiyot banki (ITB) o‘rtasida $40 mlnlik grant shartnomasi imzolangani haqida yozgandi.

Shuningdek