O‘zbekistonda o‘quvchilar soni 45,6 foizga oshdi
eʼlon qilindi
1990/1991-o‘quv yili bilan solishtirganda

2024/2025-o‘quv yili boshiga kelib, O‘zbekiston Respublikasidagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni 6,7 mln nafarga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
So‘nggi yillardagi barqaror o‘sish natijasida 1990/1991 o‘quv yiliga nisbatan o‘quvchilar soni 2,1 mln nafarga yoki 45,6 foizga oshgan.
Yillar kesimida o‘quvchilar soni quyidagicha:
O‘quv yili | O‘quvchilar soni (ming nafar) |
---|---|
1990/1991 | 4 655,5 |
2000/2001 | 6 017,6 |
2010/2011 | 4 695,3 |
2020/2021 | 6 287,9 |
2023/2024 | 6 645,1 |
2024/2025 | 6 776,3 |
Ushbu ko‘rsatkichlar ta’lim sohasiga bo‘lgan talabning ortib borayotganini hamda aholining o‘sishi bilan bog‘liq jarayonlarni yaqqol aks ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yilda necha nafar oʻquvchi maktabni tamomlagani ochiqlangan edi.