Kadastr pasportini qancha vaqtda olish mumkin

eʼlon qilindi
Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar uchun 5 ish kunigacha
Kadastr pasportini qancha vaqtda olish mumkin / Foto: Francescoscatena / depositphotos.com

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish jarayoni endi biroz ko‘proq vaqt olishi mumkin. Bu haqda hukumatning yangi qarori qabul qilindi.

Yangi muddatlar quyidagicha:

  • ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar uchun: 5 ish kunigacha (oldin 3 ish kuni);
  • yakka tartibdagi uylar uchun: 8 ish kunigacha (5 ish kuni).

Yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlar maydoniga qarab:

  • 100 m² gacha — 8 ish kunigacha;
  • 100–1000 m² — 10 ish kunigacha;
  • 1000–5000 m² — 15 ish kunigacha;
  • 5000–15000 m² — 20 ish kunigacha;
  • 15000–50000 m² — 26 ish kunigacha;
  • 50000 m² dan ortiq — 35 ish kunigacha.

Ko‘p yillik daraxtzor yerlar uchun:

  • 1 gektargacha — 15 ish kunigacha;
  • 1–5 gektar — 20 ish kunigacha;
  • 5–10 gektar — 26 ish kunigacha;
  • 10–100 gektar — 35 ish kunigacha;
  • 100 gektardan ortiq — 40 ish kunigacha.

Kadastr agentligi endilikda faqat yer uchastkalari bino yoki inshootlar bilan band bo‘lgan taqdirdagina ularni elektron axborot tizimiga joylashtiradi. Yer chegaralari esa obyektga kirish nuqtasidan boshlab belgilanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yer hisobi va kadastr tizimiga 42 million gektar maydon ro‘yxatga olingani haqida yozgandi.

Shuningdek