Muhammad va Muso payg‘ambarlar tasviri sababli LeMan jurnali karikaturachilari hibsga olindi

Turkiyada Muhammad va Muso payg‘ambarlarni tasvirlagani aytilgan karikatura sababli LeMan jurnalining to‘rt karikaturachisi hibsga olindi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, karikatura ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, Istanbulda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi.
Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya karikaturani provokatsiya deb atab, bunday harakatlar jazolanishini aytdi. Prezident matbuot kotibi esa bu ishni «e’tiqodga hujum» deb baholadi. Holat yuzasidan Turkiya Jinoyat kodeksining 216-moddasi bo‘yicha tergov boshlandi.
LeMan jurnali esa karikatura Muhammad payg‘ambarni emas, urush qurboni bo‘lgan oddiy musulmon shaxsni aks ettirganini bildirdi. Namoyishchilar jurnal ofisiga bostirib kirishga uringan, rasmiylar esa tinchlikni saqlashga chaqirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Trampning Papa obrazidagi sun’iy intellektli surati katoliklar noroziligiga sabab bo‘lgan edi.