BTS guruhi 2026-yilda yangi albom va gastrol bilan qaytadi

2-iyul 2025 10:26 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
BTS 2026-yilda yangi albom va gastrol bilan qaytadi / Foto: Seventeen Magazine

Dunyoga mashhur K-pop guruhi BTS 2026-yil bahorida yangi albom taqdim etadi va to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng jahon gastrolini boshlaydi. Bu haqda guruh a’zolari Weverse platformasida bo‘lib o‘tgan jonli efirda e’lon qildi, deya yozmoqda CNN.

Unga ko‘ra, guruh iyuldan boshlab yangi musiqalar ustida birgalikda ishlashni rejalashtirmoqda. Yangi albom 2022-yildagi «Proof» antologiyasidan keyingi ilk loyiha bo‘ladi. Shu bilan birga, BTS a’zolari harbiy xizmatni yakunlagach ilk bor to‘liq tarkibda sahnaga qaytmoqda.

Guruh AQShda albom ustidagi ishni boshlashi va oldingi kabi global muxlislarni birlashtirishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BTS a’zolari harbiy xizmatni yakunlagani haqida yozgan edik.

Shuningdek