Tesla Los-Anjelesda avtokinoteatr va quvvatlash stansiyasini ochmoqda
eʼlon qilindi
Salonni tark etmasdan turib, ovqatlanish uchun ham sharoit mavjud

21-iyul kuni Tesla kompaniyasi Los-Anjelesda noyob majmuani ochmoqda. Bu haqda Ilon Mask o‘zining X’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Tesla’s Hollywood Diner and Supercharger nomli yangi kompleksda 80 ta V4 Supercharger tezkor quvvatlash stansiyasi, ikki yirik LED ekranli avtokinoteatr va avtomobildan turib buyurtma beriladigan tezkor restoran mavjud.

Haydovchilar avtomobillarini quvvatlash davomida kino tomosha qilishlari va taomlar buyurtma qilib, salonni tark etmasdan ovqatlanishlari mumkin. Bu loyiha Tesla’ning texnologiya va qulaylikni uyg‘unlashtirishga qaratilgan navbatdagi innovatsiyasi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla rasman Hindiston avtobozoriga kirgani haqida yozgan edik.