Tailand investorlar uchun «oltin viza» joriy etishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Mazkur viza $1 million miqdorida investitsiya kiritganlarga taqdim etiladi
Tailand
Tailand investorlar uchun «Oltin viza» joriy etishni rejalashtirmoqda. Foto: Pexels.com

Tailand mamlakatga $1 million miqdorida investitsiya kiritganlarga «oltin viza» dasturini joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bangkok Post nashri xabar berdi.

Ushbu tashabbusni mamlakat sobiq bosh vaziri Taksin Chinavat ilgari surdi. Uning maqsadi iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish.

Dastur doirasida har biri $1 million sarmoya kiritib, doimiy rezident maqomini olishni istagan 600 ming nafar badavlat xorijiy investorni jalb qilish ko‘zda tutilgan. Bunday chet el kapitali oqimi mamlakatdagi ko‘chmas mulk sohasining rivojlanishiga, ta’lim loyihalarini moliyalashtirishga yordam beradi, davlat qarzini kamaytirishga va ichki iste’molni oshirishga imkon yaratadi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, «oltin viza» dasturi Tailand iqtisodiyotiga umumiy hisobda $500 milliardgacha daromad olib kelishi mumkin.

So‘nggi yillarda Tailand iqtisodiyotida sekinlashuv kuzatilmoqda. O‘tgan o‘n yillikda o‘rtacha o‘sish sur’ati 2 foizdan past bo‘lgan. Bundan tashqari, Tailandning eng yirik eksport bozori bo‘lgan AQShning 36 foizlik boj stavkasini joriy etish ehtimoli vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda.

Avvalroq Tailand sayyohlar uchun kriptovalyutada ishlovchi kredit kartalarni joriy etishi mumkinligi haqida yozgandik.

Bu innovatsion loyiha mehmonlar uchun to‘lov jarayonini soddalashtirishni ko‘zlaydi. Xaridlar kriptovalyutada amalga oshiriladi, lekin sotuvchilar odatdagidek mahalliy valyutada to‘lovni qabul qiladi. Ko‘p hollarda esa xaridor to‘lovda kriptovalyuta ishlatilganini sezmasligi mumkin.

Tizimni keng joriy etishdan oldin Tailand banki bilan sinov loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Bosh vazir o‘rinbosari va moliya vaziri bu haqda Dailynews Talk 2025 tadbirida ma’lum qildi.

Shuningdek