O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi haftalik aviaqatnovlar soni 56 taga yetkaziladi

eʼlon qilindi
Ayrim shaharlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi haftalik aviaqatnovlar soni 56 taga yetkaziladi / Foto: Tripadvisor

O‘zbekiston va Indoneziya aviatsiya hukumatlari o‘rtasida havo qatnovlarini rivojlantirishga qaratilgan yangi kelishuv imzolandi. Uchrashuv Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi.

Foto: Transport vazirligi

Kelishuvga ko‘ra, aviakompaniyalar soni va parvoz manzillariga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilinadi, haftalik aviaqatnovlar soni 56 taga yetkaziladi. Denpasar, Surabaya, Medan kabi shaharlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, yuk tashuvlar uchun ham keng imkoniyatlar yaratildi.

Foto: Transport vazirligi

Mazkur hamkorlik «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi doirasida aviaqatnovlar hajmini to‘rt barobarga oshirish maqsadiga xizmat qiladi. Kelishuv ziyorat turizmini rivojlantirish, «Umra plyus» dasturini joriy etish hamda ikki tomonlama savdo va turizm aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Centrum Air Samarqanddan Dushanbega muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ygan edi.

Shuningdek