O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi savdo hajmi 30 foizga oshdi

eʼlon qilindi
504 mln yevrodan 658 mln yevroga yetdi
Germaniya
O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi savdo hajmi 30 foizga oshdi / Foto: Kosta Legal

2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi savdo aylanmasi sezilarli darajada o‘sdi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi 504 mln yevrodan 658 mln yevroga yetib, 30 foizga oshgan.

Xususan, O‘zbekistonning Germaniyaga eksporti qariyb ikki barobarga – 82 foizga, importi esa 27 foizga ko‘paygan. Bu o‘sish Germaniya biznes doiralari uchun O‘zbekistonni ishonchli va diversifikatsiyalangan savdo hamkori sifatida ko‘rsatmoqda.

Mutaxassislar fikricha, mazkur tendensiya mintaqada ta’minot zanjirlarining qayta shakllanishi va yangi transport-logistika yo‘nalishlarining rivojlanishini ham aks ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston – Turkmaniston o‘rtasidagi savdo hajmi 700 million dollarga yetgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek