Poytaxtda issiqlik va issiq suv ta’riflari narxlari oshirilishi rasman tasdiqlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qarori bilan
Suv narxi oshadi
Foto: Pexels.com

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi Veolia Energy Tashkent kompaniyasi tomonidan poytaxt uchun belgilangan issiqlik ta’minotining yangi narxlarini tasdiqladi. Bu haqda kengash qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, narxlar quyidagicha belgilandi:

  • bazaviy tarif (QQSsiz) 711 641 so‘m/Gkal;
  • aholi uchun (QQSsiz) 139 860 so‘m/Gkal;
  • budjet tashkilotlariga 952 797 so‘m/Gkal;
  • boshqa ulgurji xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarga (QQSsiz) 342 296 so‘m/Gkal.

Ayni paytda aholi uchun 1 Gkal issiqlik narxi qo‘shilgan qiymat solig‘isiz (QQSsiz) 121 ming 617 so‘mni tashkil etadi.

Bundan oldin, 1-oktabridan boshlab poytaxtda issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari 15 foizga oshirilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 10-sentabrdan Toshkent viloyatida issiq suv va isitish xizmatlari tarifi oshishi haqida ham yozgandi.

Shuningdek