
iQOO 15 smartfoni rangini o‘zgartiruvchi dizayni bilan taqdim etilishi kutilmoqda. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
Internetda tarqalgan qisqa videoda smartfon orqa paneli kulrangdan pushtiga o‘zgarishi bilan ko‘rinib, juda noyob effekt yaratgani e’tiborni tortdi. Yorug‘lik burchagi o‘zgarganda telefon deyarli ikki xil qurilma singari ko‘rinadi.
Yangi seriya bu oy oxirida, 23 – 25-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Qualcomm sammiti bilan bir vaqtda taqdim etilishi kutilmoqda. Aynan shu tadbirda yangi Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori ham namoyish etiladi va iQOO uni birinchi bo‘lib o‘z smartfonlarida qo‘llashi mumkin.
iQOO 15 texnik jihatdan ham kuchli imkoniyatlarga ega bo‘lishi kutilmoqda. Smartfon 6,85 dyuymli QHD OLED ekran bilan jihozlanib, yorqinligi 6 000 nitgacha yetadi. Qurilmada ultratovushli ekrandagi barmoq izi skaneri o‘rnatiladi. Akkumulyator sig‘imi 7 000 mA/soatni tashkil etib, bu avvalgi iQOO 13 modelidagi 6 000 mA/soatdan kattaroqdir. Shuningdek, u 100 Vt tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Kamera tizimi esa uchta sensorni o‘z ichiga oladi. 50 MP asosiy kamera, masofani yaxshilangan tarzda suratga olish imkonini beruvchi 50 MP periskop-zoom, va 50 MP ultra-keng modulga ega.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Oppo $200 atrofidagi K13s smartfonini taqdim etgani haqida yozgan edi.