350 dollarlik iQOO Neo 11 qanday xususiyatlarga ega

6-oktabr 2025 10:27 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: iQOO

Oktabr oyida iQOO kompaniyasi tomonidan yangi iQOO Neo 11 smartfoni taqdim etiladi. Model haqida dastlabki ma’lumotlar tarqaldi.

Gizmochina ma’lumotlariga ko‘ra, qurilma 2K OLED ekran, ultratovushli ekrandagi barmoq izi skaneri va 7500 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. Batareya 100 vattli tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfon Snapdragon 8 Elite chipida ishlaydi, bu uni flagman darajasiga yaqinlashtiradi, ammo narxi nisbatan past bo‘lib, taxminan $350 bo‘lishi kutilmoqda. Qurilma metall ramka va IP68 darajasidagi himoya bilan ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursv Uzbekistan iQOO 15 smartfoni uchun oldindan buyurtmalar boshlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek