AQShda 141 yoshli Galapagos toshbaqasi vafot etdi

eʼlon qilindi
Sog‘lig‘i keskin yomonlashgani sabab veterinarlar tomonidan evtanaziya qilinganini ma’lum qildi
Foto: Freepik

San-Diyego hayvonot bog‘ining eng qari jonivori, Galapagos toshbaqasi 141 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Nauka Mail nashri xabar berdi.

Bog‘ ma’muriyati uning sog‘lig‘i keskin yomonlashgani sabab veterinarlar tomonidan evtanaziya qilinganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, toshbaqa 1920-yillarning oxirida Brons hayvonot bog‘idan Kaliforniyaga olib kelingan va San-Diyegoda ilk Galapagos toshbaqalari guruhiga kirgan. U AQShning 20 nafar prezidenti davrida yashagan. Shuningdek, insoniyatning eng katta texnologik davrlariga guvoh bo‘lgan.

O‘nlab yillar davomida u hayvonot bog‘ining ramziga aylangan, mehmonlar orasida «qirolicha» laqabini olgan eng sevimli jonivorlardan biri edi.

Foto: Freepik

Bog‘ xodimlari toshbaqa uzoq yillar davomida yoshga bog‘liq og‘ir kasalliklar, ayniqsa, suyak tizimi bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekkanini bildirgan. So‘nggi kunlarida uning ahvoli keskin yomonlashgani uchun shifokorlar unga azob bermaslik maqsadida evtanaziyani tanlagan.

Galapagos toshbaqalari tabiiy sharoitda ko‘pincha 100 yildan ortiq umr ko‘radi. Hayvonot bog‘larida esa ular xavfsizlik va muntazam ovqatlanish tufayli 150 – 200 yilgacha yashashi mumkin. Masalan, Avstraliya hayvonot bog‘idagi mashhur Harriet toshbaqasi 175 yil yashagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda topilgan chiyabo‘ri hayvonot bog‘iga topshirilgani haqida yozgandi.

Shuningdek