iQOO Z11 Turbo smartfoni qanday imkoniyatlar bilan taqdim etiladi

12-yanvar 2026 12:14 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
iQOO Z11 Turbo smartfoni qanday imkoniyatlar bilan taqdim etiladi
Foto: Gizmochina

iQOO brendi yangi avlod o‘yin smartfoni – iQOO Z11 Turbo modelini e’lon qildi. Qurilma nafaqat geymerlar, balki oddiy foydalanuvchilar uchun ham barqaror aloqa va yuqori unumdorlikni taklif etishi bilan ajralib turadi. Smartfonning rasmiy taqdimoti 15-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Thunder Z1 – kechikishga qarshi maxsus chip

Z11 Turbo’ning asosiy yangiligi – Thunder Z1 nomli alohida chipdir. Ishlab chiqaruvchiga ko‘ra, u Wi-Fi signalining kechikishini 76 foizga kamaytiradi. Bu, ayniqsa, onlayn va mobil kibersport bilan shug‘ullanuvchi foydalanuvchilar uchun muhim hisoblanadi.

Mazkur chip iQOO’ning Global Esports Network System 2.0 tizimining bir qismi bo‘lib, tarmoq barqarorligini doimiy nazorat qiladi.

Sun’iy intellekt asosidagi aqlli tarmoq

Tizim tarkibida AI Gaming Network Smart Selection funksiyasi mavjud. U real vaqt rejimida internet sharoitini tahlil qiladi va avtomatik ravishda eng maqbul tarmoqni tanlaydi. Shuningdek, sun’iy intellekt signalga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan holatlarni oldindan prognoz qiladi va ishlash parametrlarini moslashtiradi. Bu imkoniyatlar, avvalo, professional mobil geymerlarga qaratilgan.

Foto: Gizmochina

24 ta antenna va ikki rejimli GPS

iQOO Z11 Turbo aloqa sifati masalasida ham jiddiy yondashuvni namoyish etadi. Qurilma 24 ta antennadan iborat aloqa tizimi hamda ikki rejimli GPS bilan jihozlanadi. Bu yechim o‘yin paytida smartfonni mahkam ushlab turish natijasida yuzaga keladigan signal pasayishini kamaytirishga xizmat qiladi.

Kuchli texnik baza

Kompaniya avvalroq smartfonning asosiy texnik ko‘rsatkichlarini ham ochiqlagan. iQOO Z11 Turbo flagman darajadagi Qualcomm ishlab chiqargan Snapdragon 8 Gen 5 protsessori bilan ishlaydi. Kamera bloki 200 megapikselli asosiy sensorni o‘z ichiga oladi. Avtonomlik uchun esa 7600 mA/soat sig‘imli batareya javob beradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri iQOO Z11 Turbo‘ning texnik xususiyatlari ochiqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek