Ali Xomanaiyning bevasi tirik ekani rasman tasdiqlandi

eʼlon qilindi
Avval tarqalgan o‘lim haqidagi xabarlar rad etildi
Foto: The Sunday Guardian

Eronning sobiq oliy rahnamosi Ali Xomanaiyning bevasi Mansura Xojasta Bagirzoda tirik ekani tasdiqlandi. Uning vafot etgani haqidagi dastlabki xabarlar xato bo‘lib chiqdi. Bu haqda Eronning Fars News agentligi xabar bermoqda.

12-mart kuni Eronning amaldagi oliy rahnamosi Mojtaba Xomanaiy ilk rasmiy nutqida halok bo‘lgan yaqinlari qatorida onasini tilga olmagan edi. U AQSh va Isroil hujumlari oqibatida o‘zining turmush o‘rtog‘i, singlisi, jiyani va pochchasi halok bo‘lganini aytib, shahidlarning oilalariga chuqur hamdardlik bildirishini aytgan.

Fars News agentligi ushbu taxminlarni tasdiqlab, ayrim nashrlar inqilob rahbarining turmush o‘rtog‘i shahid bo‘lgani haqidagi xabarni yanglishib e’lon qilganini ta’kidladi.

Shuningdek, Mojtaba Xomanaiy o‘z murojaatida xalqaro yuk tashish uchun muhim yo‘l bo‘lgan Hurmuz bo‘g‘ozi yopiq qolishini qat’iy ta’kidlagan. U armiya hamda xalqning bardoshini maqtab, dushmanga qarshi samarali mudofaa davom etishini ma’lum qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ali Xomanaiyning turmush o‘rtog‘i kasalxonada vafot etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek