
Oppo rasmiy taqdimotsiz yangi avlod smartfoni – Reno 15A modelini e’lon qildi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar berdi.
Qurilma texnik jihatdan Reno 15F modeliga juda yaqin bo‘lib, asosan batareya va himoya darajasi bilan ajralib turadi.
Smartfon 6,6 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlangan bo‘lib, Full HD+ aniqlik, 120 Gts yangilanish chastotasi va 1400 nitgacha yorqinlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Ekran AGC Dragontrail STAR D+ shishasi bilan himoyalangan, barmoq izi skaneri esa to‘g‘ridan to‘g‘ri displey ostiga joylashtirilgan.

Qurilmaning asosida Snapdragon 6 Gen 1 protsessori ishlaydi va u LPDDR4X tezkor xotira hamda UFS 3.1 doimiy xotira bilan birga keladi.
Eng katta yangiliklardan biri – 7000 mA·h sig‘imli akkumulyator bo‘lib, u 80 Vt tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Kamera tizimi esa 50 MP asosiy sensor (OIS bilan), 8 MP keng burchakli modul va 2 MP makro kameradan iborat. Old kamera ham 50 MP sifatida taqdim etilgan.
Smartfon Android 16 asosidagi ColorOS 16 tizimida ishlaydi hamda NFC, microSD qo‘llab-quvvatlashi va IP66/68/69 darajadagi chang va suvdan himoya bilan jihozlangan.
Yangi model Yaponiyada taxminan $400 narxda sotuvga chiqadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oppo Reno 16 Pro smarfoni qanday xususiyatlar bilan chiqishi haqida yozgandi.