20 nafar yoshlar «Kelajak bunyodkori» mukofotini oldi — ro‘yxat

Prezident farmoni bilan 20 nafar tashabbuskor va yetakchi yoshlar «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mukofotlanganlar orasida oliy ta’lim muassasalari talabalari va doktorantlari, tadbirkorlar, shifokor, o‘qituvchi, muhandis, fermer, sportchi, uchuvchi, yoshlar yetakchisi, davlat va xususiy sektor vakillari, shuningdek, sun’iy intellekt platformasi asoschisi ham bor:
| F.I.Sh. | Lavozim / Faoliyat | Hudud / Tashkilot |
|---|---|---|
| Azatova Shaxzoda Alisher qizi | 4-bosqich talaba | O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali, Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
| Odiljonova Kamola Abduvosit qizi | 1-bosqich doktorant | Andijon davlat pedagogika instituti, Andijon viloyati |
| Bafoyev Jaxongir Shuxrat o‘g‘li | Kitob do‘konlari tarmog‘i ta’sischisi | «Bukhara books», Buxoro viloyati |
| Jalolova Mohira Sirojiddin qizi | Neyroxirurg | Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi |
| Ziyodova Asal Isomiddin qizi | Nodavlat ta’lim muassasasi rahbari | «Bolalar akademiyasi», Qashqadaryo viloyati |
| Istamtoshev Sulaymon Dovudovich | O‘qituvchi | Navoiy ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati, Navoiy viloyati |
| Soloxiddinov Qobiljon Komil o‘g‘li | Avtoservis rahbari | «Qobil Jiga servis», Yangi Namangan tumani, Namangan viloyati |
| Nurmamatova Pokiza Akmaljon qizi | Startap asoschisi | «Kaja Games» milliy o‘yinlar loyihasi, Pastdarg‘om tumani, Samarqand viloyati |
| Raximberdiyev Temur Abbos o‘g‘li | Muhandis-texnolog | «Sesosino newenergy technology», Yangiyer shahri, Sirdaryo viloyati |
| Abduxoliqov Akmal Qahramonovich | Fermer xo‘jaligi boshlig‘i | «Aka-uka oltin yerlari», Angor tumani, Surxondaryo viloyati |
| Yunusova Ozoda Ulug‘bek qizi | Flotator | «Olmaliq KMK» AJ, Toshkent viloyati |
| Odilov Hamidjon Valijon o‘g‘li | Logistika korxonasi rahbari | «TruDispatch», Farg‘ona shahri, Farg‘ona viloyati |
| Rahimova Sevinch Hamroyevna | Karate milliy terma jamoa a’zosi | Xorazm viloyati |
| Mirfayzullayeva Azizaoy Maxmudjon qizi | Yoshlar yetakchisi | «Farog‘atli» MFY, Sergeli tumani, Toshkent shahri |
| Aslonova Laylo Olimovna | Yoshlar parlamenti raisi | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati |
| Mamasaidov Muhammadsaid Muhammadqosim o‘g‘li | Sun’iy intellekt platformasi asoschisi | «Tahrirchi» |
| Mo‘ydinova Zilola Voxid qizi | O‘qituvchi | Bojxona instituti, bojxona to‘lovlari va statistikasi kafedrasi |
| Mustayeva Sabina Ruslanovna | Xonanda | «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi |
| Safolov Firuzjon Rasuljonovich | Uchuvchi (A-321) | «Uzbekistan Airways» AJ |
| Xujamberdiyeva Lobarxon Xaydar qizi | 2-bosqich kursant | O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti |
Farmonda qayd etilishicha, ushbu yoshlar o‘zining bilim va salohiyati, iste’dodi, namunali xulqi, Vatanga sadoqati hamda turli sohalardagi yutuqlari bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti va mamlakatning xalqaro nufuzini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgani uchun rag‘batlantirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yangi esdalik nishoni ta’sis etilgani haqida yozgan edik.