“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2026-yilgi g‘oliblari e’lon qilindi

Mamlakatimizda yoshlarning fan, ta’lim, tibbiyot, sport va boshqa sohalardagi yutuqlarini e’tirof etish maqsadida bir guruh fidoyi yigitlar «Mard o‘g‘lon» davlat mukofotiga munosib ko‘rildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Prezident qaroriga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan tanlab olingan iqtidorli yoshlar o‘zining bilim, tashabbuskorlik va samarali mehnati bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shib kelayotgani uchun mazkur davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Mukofot sovrindorlariga diplom va ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshiriladi hamda ularga BHMning (hozirda 412 ming so‘m) 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.
«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati:
- Allashov Raxim Tolibay uli — Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh mutaxassisi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
- Alimbayev Nodirbek Turg‘un o‘g‘li — yoshlar yetakchisi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
- Teshaboyev Oybek Abdumannob o‘g‘li — doktorant (Andijon viloyati)
- Xursanov Doniyorbek Damirjon o‘g‘li — harbiy qism komandiri (Andijon viloyati)
- Rahimov Daler Rahmonovich — kimyo olimpiadasi ilmiy qo‘mitasi a’zosi (Buxoro viloyati)
- Mustaqimov Sherali Shuhrat o‘g‘li — FVV katta inspektori (Buxoro viloyati)
- Zokirov Jaxongir Lazizbek o‘g‘li — boks terma jamoasi a’zosi (Jizzax viloyati)
- Abduxaliqov Javoxir Aliboy o‘g‘li — Milliy gvardiya mutaxassisi (Jizzax viloyati)
- Xudoyqulov Javohir Tursunpo‘lat o‘g‘li — DXX harbiy xizmatchisi (Qashqadaryo viloyati)
- Yuldoshev Dilshodbek Ulug‘bek o‘g‘li — IIV mutaxassisi (Qashqadaryo viloyati)
- Istamov Hayot Yo‘lchiyevich — katta o‘qituvchi (Navoiy viloyati)
- Salimjonov Xazrat Akramjon o‘g‘li — muhandis-texnolog (Navoiy viloyati)
- Astanaliyev Elmurod Tursunali o‘g‘li — mustaqil izlanuvchi (Namangan viloyati)
- Karimov Umidjon Javlon o‘g‘li — bojxona katta tezkor vakili (Namangan viloyati)
- Elbekov Shohzodbek Elbek o‘g‘li — Milliy gvardiya komandiri (Samarqand viloyati)
- Xudoyberdiyev Dilshodjon Rayimberdi o‘g‘li — sportchi (Samarqand viloyati)
- Xolmatov Otabek Shuxrat o‘g‘li — IIV mutaxassisi (Sirdaryo viloyati)
- Musurmonqulov Bektosh Qodirberdi o‘g‘li — Mudofaa vazirligi mutaxassisi (Sirdaryo viloyati)
- Qosimxojiyev Najmiddin Abdujabbor o‘g‘li — universitet talabasi (Surxondaryo viloyati)
- Noraliyev Sarvar Nurislom o‘g‘li — harbiy qism komandiri (Surxondaryo viloyati)
- Xalmaxanov Aytjan Daniyor o‘g‘li — sport markazi talabasi (Toshkent viloyati)
- Larin Yevgeniy Alekseyevich — tibbiyot universiteti talabasi (Toshkent viloyati)
- Mahammadjonov Qudratbek Ulug‘bek o‘g‘li — magistrant (Farg‘ona viloyati)
- Muxammadxonov Shuxratjon Muzafarjon o‘g‘li — Milliy gvardiya komandiri (Farg‘ona viloyati)
- Rajapov Artur Ixtiyor o‘g‘li — haykaltarosh (Xorazm viloyati)
- Aminboyev Qodirbergan Olimboy o‘g‘li — pedagogika instituti talabasi (Xorazm viloyati)
- Begmuratov Humoyun Xusniddinovich — shaxmat terma jamoasi a’zosi (Toshkent shahri)
- G‘ulomov Paxlavon Farrux o‘g‘li — Prezident maktabi o‘quvchisi (Toshkent shahri)
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 20 nafar yoshlar «Kelajak bunyodkori» mukofotini oldigani haqida yozgan edik.