Tibbiy xizmatlar hajmi 11,3 trln so‘mga yetdi

eʼlon qilindi
Ko‘rsatilgan xizmatlarning 53,7 foizi sog‘liqni saqlash sohasidagi boshqa xizmatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan
Tibbiy xizmatlar hajmi 11,3 trln so‘mga yetdi
Foto: Pexels

2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 11,3 trln so‘mni tashkil etdi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 16,8 foizga ko‘p, deya xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.

Ko‘rsatilgan xizmatlarning 53,7 foizi sog‘liqni saqlash sohasidagi boshqa xizmatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Shifoxona muassasalari xizmatlari umumiy hajmning 31,8 foizini, tibbiy amaliyot va stomatologiya xizmatlari esa 14,5 foizini tashkil etgan.

Hududlar kesimida

Hududlar orasida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilib, poytaxtdagi sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 5,2 trln so‘mga yetgan. Keyingi o‘rinlarni 1,1 trln so‘m bilan Toshkent viloyati, 830,2 mlrd so‘m bilan Samarqand viloyati va 675,4 mlrd so‘m bilan Farg‘ona viloyati egallagan.

Namangan viloyatida ushbu xizmatlar hajmi 550,4 mlrd so‘mni, Andijonda 507,2 mlrd so‘mni, Buxoroda 392,3 mlrd so‘mni va Xorazmda 390,9 mlrd so‘mni tashkil etgan. Qashqadaryoda 360,4 mlrd so‘mlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 335,5 mlrd so‘mlik, Surxondaryoda esa 262 mlrd so‘mlik sog‘liqni saqlash xizmatlari ko‘rsatilgan.

Jizzax viloyatida ko‘rsatkich 251,5 mlrd so‘m, Sirdaryoda 203,2 mlrd so‘m va Navoiy viloyatida 193,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston mol go‘shti importini 9 foizga oshirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek