Turistik startaplarning xarajatlarining 50 foizigacha subsidiya beriladi

eʼlon qilindi
Har yili eng yaxshi 10 tagacha turistik startapga loyihani ishlab chiqish kerak
«Ochiq turizm mavsumi» dasturi e’lon qilindi
Foto: depositphotos

O‘zbekistonda yangi turizm xizmatlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etayotgan startaplar uchun subsidiya ajratish tartibi belgilandi. Bu haqda Hukumatning 443-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentda nazarda tutilgan.

Eng yaxshi 10 ta startapga subsidiya

Unga ko‘ra, har yili eng yaxshi 10 tagacha turistik startapga loyihani ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi qoplab beriladi. Bunda subsidiya miqdori 1 milliard so‘mdan oshmasligi kerak.

Arizalar qayerdan topshiriladi

Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali Turizm qo‘mitasi tomonidan ko‘rsatiladi.

Startap loyihalarini ko‘rib chiqish uchun Turizm qo‘mitasi raisi tomonidan maxsus komissiya tuziladi.

Ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi

Ariza kelib tushganidan keyin besh ish kuni ichida talabgorga suhbat o‘tkazilishi haqida xabar beriladi. Komissiya suhbatdan so‘ng 10 ish kuni davomida loyihaning belgilangan talablarga mosligini o‘rganadi.

Loyihalar qanday baholanadi

Startaplarni baholashda loyihaning muayyan turistik xizmatni rivojlantirishga yo‘naltirilgani, turistlar uchun dolzarbligi hamda ilgari mavjud bo‘lmagan yoki sezilarli darajada takomillashtirilgan yechimni taklif qilishi hisobga olinadi.

Mablag‘ 7 ish kunida o‘tkaziladi

Subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilinganidan so‘ng Turizm qo‘mitasi mablag‘larni talabgorning xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga yetti ish kuni ichida o‘tkazib beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mehmonxona va turizm biznesini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi imtiyozlar berilishi haqida yozgandi.

Shuningdek