Kichik tadbirkorlikni tekshirishga 3 yilga moratoriy e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Biznes-ombudsman tomonidan «Samarali nazorat» tadbiri o‘tkaziladi
Kichik tadbirkorlikni tekshirishga 3 yilga moratoriy e’lon qilindi
Foto: depositphotos.com

O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini har qanday tekshirishga 3 yil muddatga moratoriy joriy etiladi. Bu haqda 27-avgust kuni qabul qilingan prezident farmonida belgilangan.

Moratoriy doirasida kichik tadbirkorlik subyektlarini tekshirish noqonuniy hisoblanadi va bunday tekshiruv o‘tkazgan mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi.

Biroq ayrim holatlar bundan mustasno. Jumladan, jinoyat ishi doirasidagi tekshiruvlar, inson salomatligiga ta’sirini o‘rganish, mehnat qonunchiligiga rioya etilishini tekshirish, fuqarolar murojaatlari, QQSni qoplash yoki qaytarish hamda tadbirkorlik subyektini tugatish bilan bog‘liq tekshiruvlar moratoriyga kirmaydi.

So‘nggi 3 yillik tekshiruvlar qayta o‘rganiladi

Moratoriy amal qiladigan davrda Biznes-ombudsman tomonidan «Samarali nazorat» tadbiri o‘tkaziladi. Uning doirasida nazorat organlarining so‘nggi 3 yil davomida o‘tkazgan tekshiruvlari joyiga chiqib, to‘liq o‘rganiladi.

Tekshiruvlar davomida qonunbuzilishlar aniqlansa, nazorat organlariga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi. Noqonuniy yoki belgilangan tartibni buzgan holda o‘tkazilgan tekshiruvlar aniqlangan taqdirda, tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini tiklash choralari ham ko‘riladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan tadbirkorlarga qo‘llanadigan barcha turdagi jarimalar ikki baravar kamaytirilishi haqida yozgandi.

Shuningdek