Oppo Find X10 Pro Max uchta 200 MP kamera bilan chiqishi mumkin

2-sentabr 2026 15:37 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Oppo Find X10 Pro Max uchta 200 MP kamera bilan chiqishi mumkin
Foto: Dingjiao Digital

Oppo Find X10 Pro Max’ning dastlabki kompyuter tasvirlari internetda paydo bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon uchta 200 MP kameraga, yangi Samsung ISOCELL HPC sensoriga va juda ingichka ramkali ekranga ega bo‘lishi mumkin.

Tasvirlarda smartfonning orqa qismida yirik gorizontal kamera bloki ko‘rinadi. Uning ichida uchta asosiy kamera joylashtirilgan, yana bir alohida kamera esa blok tashqarisida turadi.

Smartfonning yangi ranglaridan biri Hasselblad ishtirokida ishlab chiqilgan oq variant bo‘lishi mumkin.

Yangi Samsung ISOCELL HPC sensori ishlatiladi

Oppo Find X10 Pro Max Samsung ISOCELL HPC sensorini olgan ilk smartfon bo‘lishi kutilmoqda.

Mazkur sensor DeepPix texnologiyasidan foydalanadi. U yorug‘likni piksel darajasida samaraliroq qabul qilish va surat sifatini yaxshilashga xizmat qilishi aytilmoqda.

Ekran ramkalari juda ingichka bo‘lishi mumkin

Avvalgi ma’lumotlarga ko‘ra, Oppo Find X10 yangi avlod Tianma Tiangong Screen 2.0 OLED ekraniga ega bo‘ladi.

Ushbu panel ko‘k yorug‘likni kamaytirish, past yorqinlikda tasvir sifatini yaxshilash va ranglarni aniqroq ko‘rsatishga qaratilgan. Ekranning to‘rt tomonidagi ramkalar ham juda tor bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oppo A7 Pro smartfoni taqdimotdan oldin fosh etilgani haqida xabar berilgandi. Qurilma Braziliyaning Anatel regulyatori bazasida CPH2931 model raqami bilan qayd etilgan. Avvalroq ayni model Tailand va Malayziyada ham sertifikatsiyadan o‘tgan edi.

Shuningdek