
Oppo kompaniyasi yangi Oppo Find X10 Pro Max flagmanini rasman namoyish qildi. Bu haqda Mydrivers nashri xabar berdi.
Smartfon Find X10 seriyasining eng yuqori modeli bo‘lib, uning taqdimoti 22-sentabrga rejalashtirilgan. Qurilmani Find seriyasi rahbari Chjuo Shitsze namoyish etdi. Smartfon «Moon White» rangida ko‘rsatildi, uning dizayni esa klassik Hasselblad kameralaridan ilhomlangan
Uchta 200 megapikselli kamera
Find X10 Pro Max’ning asosiy xususiyati — uchta 200 megapikselli kameradan iborat tizim.

Asosiy Hasselblad sensori DeepPix texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. U keng dinamik diapazonda, jumladan, orqa yorug‘lik kuchli bo‘lgan sharoitda va tungi suratga olishda yuqori sifatni ta’minlashga mo‘ljallangan. Yangilangan ultra keng burchakli kamera ham 200 megapikselli sensor bilan jihozlanadi.
Lumo va Danxia texnologiyalari qo‘llanadi
Smartfonda yangi Lumo tasvirni qayta ishlash moduli, ikkinchi avlod Danxia optikasi va yangilangan chaqnoq tizimi ishlatiladi.
Oppo ushbu yechimlar mobil fotografiyada ranglar, yorug‘lik va detallarni yaxshiroq qayta ishlashga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.
8K Log video yozish imkoniyati paydo bo‘ladi

Find X10 Pro Max 8K Log formatida video yozishni qo‘llab-quvvatlaydi. Kompaniya buni smartfonlarda barcha fokus masofalarida ishlaydigan ilk 8K Log yechimlaridan biri sifatida taqdim etmoqda.
Bundan tashqari, qurilmada OpenGate rejimi va professional Blackmagic Camera ilovasidan foydalanish imkoniyati bo‘ladi.
Dizayn Hasselblad kameralaridan ilhomlangan
Oppo Find X10 Pro Max tashqi ko‘rinishida Hasselblad kameralariga xos elementlardan foydalangan.
Kompaniya bu orqali smartfonning foto imkoniyatlariga alohida urg‘u bermoqda. Find X10 Pro Max yangi seriyaning eng kuchli kamera tizimiga ega modeli sifatida bozorga chiqishi kutilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Oppo Find X10 seriyasi 22-sentabrda taqdim etilishi haqida yozgan edi.