Qanday qilib energiya taqchilligi O’zbekistonga zarba berdi

Опубликовано
Заместитель главного редактора
Respublikaning «muzlab qolishiga» kim aybdor. Bu haqida «Kursiv» materialida
Foto: Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimligi

Anomal sovuq ob-havo tufayli poytaxt aholisining bir qismi gaz va elektr quvvatisiz qoldi. O’zbekistonning «muzlab» qolishiga kim sababchi, bu energiya inqirozidan mamlakat qanday qilib chiqib ketmoqchi. Bu haqida «Kursiv» ma’lumot beradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dushanba kuni bo’lib o’tgan majlisda «Bu yilgi sovuq ob-havo butun tizimning ahvolini va qishga tayyorgarlik qo’l uchida qilinganligini ko’rsatdi. Bu holat ortiq davom etishi mumkin emas»,- dedi hamda Toshkent shahri  hokimini istefoga chiqardi.

Ikkinchi to’lqin

O’zbekiston bu qish hisobida ikkinchi marta energiya kollapsini boshidan o’tkazdi. Ilk bora bunday holat mazkur qishning dekabr oyi boshida -10- 15 °C  darajagacha tushib ketdi, bundan oldingi keskin  havo haroratining pasayishi 2014-yil dekabrida  qayd etilgan. Eslatib o’tamiz, havo haroratining bu darajada sovishi O’zbekiston Respublikasi uchun kam uchraydigan holat.

Havo haroratining pastligi gaz tarmoqlarida bosim kamayishiga olib kelmoqda. Buning ustiga O’zbekistonda issiqlik elektrostansiyalari (ishlab chiqariladigan elektr energiyasining 90 foizi to’g’ri keladi) gazda ishlaydi. Gaz bosimining kamayishi tufayli hozirda sanoat korxonalari kerakli issiqlik energiyasini yetkazib bera olmayapti.

Sovigan issiqlik radiatorlari fuqarolarni turli yo’llar bilan isinishga majbur qildi. «Kursivga» yirik marketpleyslardan kelib tushgan ma’lumotlarga ko’ra, Toshkentda dekabr oyida sun’iy isitish qurilmalariga bo’lgan talab oshib ketgan. Qishning sotuv ko’rsatkichi  dastlabki haftalaridanoq Uzum marketda besh baravar, Zoodmallda esa noyabr oyiga qaraganda 52%ga oshgan.

Sovuq kunlarning kelishi bilanoq elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyoj oshmoqda. Respublikada gaz ishlab chiqarilishi esa pasaymoqda. 2022-yilning 11 oyi ichida uning (umumiy yil hisobi hali e’lon qilinmagan) 3.2%ga qisqargani qayd etilgan.  Elektr energiyasi iste’molini sovuq tushgunigacha bo’lgan davrda bir maromda ushlash maqsadida, dekabr oyida navbatma-navbat o’chirish amaliyoti qo’llanilgan edi.

 Xonadonlarni isitish uchun gaz plitalaridan foydalanish nafaqat xavfli balki mantiqsizdir, chunki gaz bosimining tushib ketishi oqibatida Toshkent shahri aholisining taom tayyorlash jarayoni uchun bir necha soatga cho’zilib ketdi. Qishning ayozli kunlarida bundan tashqari ham issiqlik, ham elektr energiyasisiz qolish ehtimoli mavjud.

Dekabr oyida sovuq ob-havo hamda fuqarolarning shikoyatlari prezidentning isitish tizimini shaxsan o’z qo’liga olishiga majbur qildi. Mamlakat prezidenti Chilonzor tumani issiqlik markazlarini shaxsan o’zi ko’zdan kechirib, shu tumanda istiqomat qiluvchi fuqarolardan birining xonadoniga tashrif buyurdi va u bilan muloqotda bo’ldi.

Dekabr oyida bir necha kun davom etgan ayozli kunlardan so’ng havo ilib,  aholi va amaldorlar biroz muddatga tin olishdi. Biroq bu tin olish uzoq davom etmadi, yanvar oyining boshidanoq ob-havo ko’rsatkichlari -30 darajaga tushib ketdi.

O’zbekistonda bu yilgi qish nafaqat sovuq balki qorli o’tmoqda. Toshkentda o’tgan dekabr va hozirgi yanvar oylarida kuchli qor bo’ronlari oqibatida jamoat transportlari harakatida uzilishlar, avtomobil yo’llarida tirbandliklar hamda kommunal xizmatlarning haddan tashqari ishlatilishiga olib keldi.

Ishlar prokuror qo’lida

Yanvar oyida ob-havo ko’rsatkichlari past bo’lganligi tufayli tarmoqlarga bo’lgan yukni og’irlashtirdi. O’zbekiston elektr ta’minot tizimi esa buni ko’tara  olmaydi. Shuning uchun o’nlab mahallalar chiroqsiz qoldi. Mavjud tarmoqlar esa yangi obyektlar qurilishi bilan muvofiqlashtirilmagani, aniq hisob-kitob qilinmaganligi sababli ishdan chiqmoqda. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev 16-yanvar kuni bo’lib o’tgan majlisda aytib o’tdi. Uning so’zlariga ko’ra Toshkent shahri plani hali tasdiqlanmagan, ammo ruxsatsiz qurilgan inshootlarning soni 250 dan ortib ketgan.

Shu masala yuzasidan hamda «quruq gap va yolg’on hisobotlari uchun» mamlakat rahbari Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo’jayevni ishdan olib tashladi. Eslatib o’tamiz, Ortiqxo’jayev bu lavozimni 2018-yildan beri egallab kelayotgan edi.

Bundan tashqari poytaxtning bir nechta tumani hokimlari mansabidan va hayfsan berildi. O’z lavozimidan Energetika vazirligi bosh vazir o’rinbosari Sherzod Xo’jayev, «Issiqlik elektrostansiyalari» rahbari Farhod Abdurahmonov ham Tolimarjon 800 MWatt quvvatga ega issiqlik elektrostansiyasini ta’mirdan chiqarish vazifasini bajarmaganligi uchun o’z mansabidan ozod qilindi. Ta’mir ishlari 6 oydan beri davom etayotganligi sababli  iste’molchilarga 3 milliard kilovatt elektroenergiya qo’yib berilmagan. «O’ztransgaz», «O’zbekneftgaz» va «Mintaqaviy elektr tarmoqlari» davlat kompaniyalari, aksiyadorlik jamiyati rahbarlari ham sinov muddatlari va hayfsan  oldilar. Masalan, oxirgi AJ rahbari elektr tarmoqlari va past kuchlanishli transformatorlarni hatto yarmini yangilash rejasini bajarmadi.

Mirziyoyev davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuraturaga ishdan bo’shatilgan mansabdor shaxslarning faoliyatini tekshirishni, shuningdek, korrupsiya masalalarini hal qilish vazifasini topshirdi. O’zbekiston Respublikasida elektr va gaz tarmoqlarida o’g’rilik tez-tez uchrab turishi holatlarini prezident tilga oldi.  Xususan, so’nggi oylarning o’zidagina  192 ta holat aniqlangan. Davlat rahbari 16 yanvar kuni bo’lib o’tgan yig’ilishda: «Tuman hokimlari va sektor rahbarlari, elektr va gaz ta’minoti kompaniyalari rahbarlari o’g’rilik haqida bilmaydilarmi?»,- deb so’radi. Bosh vazir va energetika vaziri Mirziyoyev «barcha imkoniyatlarni ishga solib, mavjud resurslarni adolatli taqsimlab, muammoli mahallalarni zudlik bilan energiya bilan ta’minlash» vazifasini qo’ydi.

Janubga chiqish

O’zbekiston nafaqat mamlakat ichida, balki undan tashqarida ham energiya inqirozidan chiqish yo’lini izlamoqda. Talabni qondirish uchun kunlik gaz iste’molining 10%i va elektr energiyasining 8%i import qilinadi. O’sib borayotgan iste’molni qoplash uchun dekabr oyida Turkmaniston bilan uch oy ichida 1,5 milliard kubometr gaz etkazib berish to’g’risida bitim imzolandi. Ammo bu kelishuvlar xavf ostida edi.

12 yanvar kuni qo’shni mamlakat konlarida anomal sovuq ob-havo tufayli favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Bu gaz importining to’liq to’xtashiga va elektr energiyasini sotib olishning 20 foizga kamayishiga olib keldi. Taqchillik sharoitida O’zbekiston aholisi va ijtimoiy soha ob’ektlarini ta’minlash maqsadida elektr energiyasi eksportini to’xtatdi. Yirik sanoat korxonalariga energiya ta’minoti 70-80 foizga kamaydi.

Turkmaniston hududida sodir bo’lgan halokatdan avval ham mamlakatda gaz taqchilligi sezilayotgan edi. Havo haroratining pasayishi va talabning yuqoriligi bois gazni ulgurji sotib oluvchi iste’molchilarga, xususan, yoqilg’i gaz quyish shahobchalari, qurilish mollari ishlab chiqaruvchilarga hamda magistral gaz quvurlariga to’g’ridan to’g’ri ulangan korxonalarga sotish to’xtatilgan edi. Gaz ta’minotini havo harorati ko’tarilgan so’ng tiklab berishga va’da berilmoqda. 

Elektr energiyasi va gaz tarmoqlarida yuz bergan uzilishlar iqtisodiyotga qanchalik  zarar yetkazgani to’g’risida, O’zbekiston Respublikasi hukumati xabar bermagan. Energetika vaziri Jo’rabek Mirzamaxmudov dekabr oyida bu ko’rsatkich trillionlab so’mni tashkil etishi mumkinligini aytgan edi. Shuningdek, u kelajakda qo’shimcha resurslarga ega bo’lishga imkon beradigan yangi gaz omborlarini qurish rejalari haqida gapirgan edi.

Kelajakda O‘zbekistonda energiyaga bo‘lgan talabning oshishi ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobiga qoplanadi. Yangi O’zbekiston strategiyasi qayta tiklanadigan energiya manbalariga tayanadi. Dastur 2026 yilga kelib elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmining 30 milliard kVt / soatga o’sishini va umumiy ishlab chiqarishni 100 milliard kVt / soatga yetkazishni nazarda tutadi. Bularga quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalari kiradi. 

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini oshirish hisobiga O‘zbekiston yiliga qariyb 3 milliard kub metr gazni tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Taqqoslash uchun: 2022-yilning 11 oyi davomida O‘zbekistonda gaz qazib olish 47,3 milliard kub metrni tashkil qildi.

Читайте также