Buxoro neftni qayta ishlash zavodida quyosh elektr stansiyasi qurildi
eʼlon qilindi
Uning quvvati 600 kVt/soatni tashkil qiladi
Buxoro neftni qayta ishlash zavodida quvvati 600 kVt/soat bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi, deb xabar bermoqda «O‘zbekiston 24» telekanali.
Zavoddagi quyosh panellarining umumiy quvvati 750 kVt/soatni tashkil etdi. Panellar monokristaldir, bu ularni uzoq vaqt davomida ishlatishga imkon beradi.
2022-yilda 170 dona ana shunday panellar qurilgan bo‘lsa, joriy yilning yanvar-iyun oylarida 1,5 ming dona panel o‘rnatildi.
Elektr stansiyasi oyiga 200 ming kVt/soatga yaqin elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Shuningdek, zavod hududida quyosh suv isitgichlarini o‘rnatish rejalashtirilgan.
Avvalroq Kursiv 2023-yil boshidan buyon elektr energiyasi narxi 589 milliard so‘mga arzonlashgani haqida yozgan edi.