11-may kuni respublikaning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi

eʼlon qilindi
Vodiyda kuchli shamol tufayli chang-to‘zon ko‘tariladi
Rasm: depositphotos.com

Bugun, 11-may kuni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 20-25 daraja iliq bo‘ladi. Vodiyda kuchli shamol tufayli chang-to‘zon ko‘tariladi, deb xabar beradi «O‘zgidromet».

Toshkent shahrida havo bulutli bo‘ladi. Kunduzi va kechasi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Kunduzi havo harorati 19-21 iliq va kechasi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi va ba’zi joylarda jalaga aylanadi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek