2-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
Foto: Pexels.com

2-aprel kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya yozmoqda «O‘zgidromet».

Shamol sharqdan 3-12 m/s tezlikda esadi. Harorat Toshkent shahrida kechasi 10-12°, kunduzi 24-26° bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryoda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Andijon, Namangan va Farg‘onada kechasi 7-12°, kunduzi 22-27° atrofida bo‘ladi. Tog‘li hududlarda esa harorat kechasi 2-7°, kunduzi 13-18° iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Shuningdek