OTB Oʻzbekistonda shaharsozlik uchun 59 million dollar ajratadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
OTB

Mablag’larning asosiy qismi infratuzilma va suv ta’minotini modernizatsiya qilishga yo’naltiriladi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekiston shaharlarini kompleks rivojlantirish loyihasiga 59 million dollar ajratadi, deyiladi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning farmonida.

Ushbu mablag‘ning 24 million dollari infratuzilma va xizmatlarni yangilashga, 19,2 million dollari suv ta’minotiga va 15,6 million dollari boshqa tashabbuslarga yo‘naltiriladi.

Besh yillik muddatga moʻljallangan loyiha Sirdaryo viloyatining Jizzax, Xiva, Yangiyer kabi shaharlari va Xovos tumanida ishga tushiriladi.

Rejalarda Xiva shahrida sayyohlik markazi qurish, mahallalarni obodonlashtirish, Jizzax shahrida suv ta’minoti tizimini yaxshilash, shuningdek, Xovos tumanida istirohat bog‘i va co-working markazi barpo etish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek