O’zbekistonda o‘smirlar qayerda ishlashlari mumkin

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Ro‘yxatda 219 ta kasb bor

Vazirlar Mahkamasi 15 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan kasblar ro‘yxatini tasdiqladi.

Foto: Unsplash

219 ta kasb-hunar ro‘yxatida faoliyatning aksariyati televidenie, radioeshittirish, sport va san’at bilan bog‘liq.

Kasblar orasida rejissyor yordamchisi, teleradiokompaniyalarda boshlovchi, gid, fotograf, hakam, sport murabbiyi, operator, dizayner, animator, aktyor, ansambl rassomi, illyustrator, vizajist, kaskadyor, hunarmand kabilar bor.

O‘smirni ishga joylashtirish uchun bolaning ota-onasi yoki vasiysining ruxsati talab qilinadi.

Avvalroq, xususiy o‘quv markazlari ko‘pincha chet tillari o‘qituvchilari, dasturlash bo‘yicha mutaxassislar va ijodiy fanlar o‘qituvchilarini qidirayotgani xabar qilingan edi.

Shuningdek