AQShda avtomobil Oq uy panjarasiga borib urildi

eʼlon qilindi
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan
Foto: Unsplash

Dushanba kuni kechqurun AQShda nomaʼlum shaxs boshqaruvidagi avtomobil AQSH hukumati binosi panjarasiga borib urildi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, deya xabar bermoqda NBC kanali.

Mashina haydovchisi politsiya xodimlari tomonidan qoʻlga olingan. AQSH Maxfiy xizmatining maʼlum qilishicha, ayni vaqtda hodisaning sabab va oqibatlari oʻrganilmoqda.

2023-yilning may oyida ham shunga oʻxshash hodisa sodir boʻlgan, Oq uy binosining panjarasiga yuk mashinasi kelib urilgan edi.

Avvalroq, «Kursiv» Buyuk Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi paparatsilar tufayli halokatga uchrashlariga bir baxya qolgani haqida yozgandi.

Shuningdek