Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmini 20 milliard dollargacha oshirishi mumkin

eʼlon qilindi
Ushbu masala prezident Shavkat Mirziyoyev va XXR Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan ishtirokidagi uchrashuv chogʻida muhokama qilindi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoyga davlat tashrifi doirasida XXR Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikni kengaytirish masalasi muhokama qilindi. Bu haqida prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda oʻtgan yili ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 50 foizga oshgani va rekord koʻrsatkich – 14 milliard dollarga yetgani qayd etildi. Xitoydan Oʻzbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiya hajmi esa 14 milliard dollardan oshgan.

Ikki tomon rasmiylari tovar ayirboshlash hajmini sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hisobiga 20 milliard dollargacha yetkazish mumkinligini taʼkidladilar.

Uchrashuvda turizm yoʻnalishi boʻyicha ham hamkorlikni mustahkamlash masalasi koʻrib chiqildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev XXR Davlat kengashi bosh vazirini Oʻzbekistonga taklif qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev Xitoyga kecha, 23-yanvar kuni davlat tashrifi bilan joʻnab ketgan edi.

Shuningdek