Yevropa NATO’ni o‘rniga boshqa tashkilot tuzmoqchi

eʼlon qilindi
Birgalikda yadroviy arsenal bilan
Foto: Unsplash

Yevropa davlatlari AQSh ishtirokisiz Shimoliy Atlantika alyansi (NATO)ga o‘xshash tashkilot yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqishmoqda, deb yozadi The Washington Post manbalarga tayanib.

Bu masala AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampning Yevropadagi ittifoqchilarini himoya qilishni istamasligi haqidagi bayonotlari fonida muhokama qilinmoqda. Siyosatchi fikricha, Yevropa davlatlari mudofaa salohiyatiga yetarlicha sarmoya kiritmayapti.

Jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa mudofaa ittifoqini yaratish haqidagi gaplar Germaniya va Fransiya o‘rtasida ittifoqqa moliyaviy yordam ko‘rsatish borasidagi tortishuvlarga botgan.

Vaziyatga Sharqiy Yevropa davlatlarida ularning g‘arbiy qo‘shnilari Rossiyadan kelayotgan tahdidga qarshi turishga yordam berishiga ishonch yo‘qligi ham ta’sir ko‘rsatmoqda.

Yevropa harbiylari qo‘shma yadroviy kuchlarni qanday yaratishi ham noma’lum.

2023-yil boshida Yevropa Ittifoqidagi yagona yadro quroli egasi – Fransiyaning arsenalida 280 ta yadro qurollari bor edi. Bundan tashqari, Buyuk Britaniyada 120 ta snaryadlar bor.

Avvalroq, «Kursiv» 2023-yil aprelida Finlyandiya NATOning 31-a’zosiga aylanganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek