The Samarkand Expres sayyohlik poyezdi O‘zbekistonda 2026-yilda paydo bo‘ladi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
U 38 ta kupeli 13-15 ta vagondan iborat bo'ladi
Rasm: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va Italiyaning «Arsenale group» kompaniyasi o‘rtasida yang hashamatli sayyohlik poyezdini hamkorlikda ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma imzolandi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Poyezd Toshkent – ​​Xiva yo‘nalishi bo‘yicha Samarqand va Buxoroda to‘xtab o‘tadi. Birinchi qatnovi 2026-yil oxiriga rejalashtirilgan.

«The Samarkand Express» Markaziy Osiyodagi bunday darajali birinchi poyezd bo‘ladi. U 76 tagacha yoʻlovchini sigʻdira oladigan 38 ta kupe (delyuks, lyuks va super lyuks) boʻlgan 13-15 ta vagondan iborat boʻladi.

Poyezd qurilishi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ korxonalarida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, bunday poyezd yaratish rejalari o‘tgan yilning oktyabr oyida ma’lum bo‘lgan edi.

Shuningdek