Oʻzbekiston badiiy gimnastika boʻyicha jahon kubogida ikkita bronza medalni qoʻlga kiritdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Musobaqa Italiyada bo‘lib o‘tdi
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Badiiy gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Italiyada oʻtkazilgan jahon kubogida ikkita bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur medallarga Taxmina Ikromova halqa va toʻpdagi mashqlarda egalik qildi. Shuningdek, u koʻpkurash va tasma bilan mashq yoʻnalishlarida ham kuchli sakkiztalikdan joy oldi.

Musobaqa Italiyaning Milan shahrida 21–23-iyun kunlari boʻlib oʻtdi.

Avvalroq «Kursiv» Ikromova oʻtgan yilgi jahon chempionatida ham bir nechta medallarni qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek