Yandex Go Toshkentda elektrosamokatlarni ijaraga berishni boshladi

eʼlon qilindi
Sayohat narxi daqiqasi uchun 890 soʻmdan boshlanadi
Foto: Yandex

Yandex Go Toshkentda elektrosamokatlarni ijaraga berish xizmatini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati «Kursiv»ga ma’lum qildi.

Sayohat narxi daqiqasi uchun 890 soʻmdan boshlanadi.

Qulaylik uchun 30 daqiqaga 20 990 so‘m, 50 daqiqaga 32 990 so‘m va 100 daqiqaga esa 61 990 so‘mlik paketlarni ham xarid qilish mumkin.

Samokatni ishga tushirish uchun Yandex Go ilovasi orqali skuterdagi QR kodini skanerlash kerak. Safardan keyin skuterni maxsus toʻxtash joyida qoldirish kerak boʻladi.

Bitta foydalanuvchi bir vaqtning oʻzida uchtagacha elektroskuterni bron qilishi mumkin. Sayohat muddati davomida sugʻurta amal qiladi.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yil kuzida «Yandex Uzbekistan» Toshkentda ofisini ochishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek