27-iyul kuni respublikaning aksariyat hududlarida 45 darajagacha jazirama issiq havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
Janubiy hududlarda chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin
Rasm: FREEMAN83 / depositphotos.com

Bugun, 27-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor, boshqa viloyatlarda quruq ob-havo bo‘ladi. Janubiy hududlarda chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin. Havo harorati 45 darajagacha issiq bo‘ladi. Bu haqda «Gidrometeorologiya» xizmati agentligi xabar beradi.

Poytaxtda havo bulutli bo‘lishi mumkin. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 40-42 daraja issiq va kechasi 25-27 daraja issiq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin, biroq yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati kunduzi 32-35 daraja issiq bo‘ladi, kechasi esa 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Shuningdek